Kimlar OTMga kirish imtihonlari uchun pul to‘lamaydi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Respublika oliy ta’lim muassasalariga test topshiradigan abituriyentlar 111 500 so‘m miqdorida pul to‘lashadi. Ammo ushbu mablag‘ni to‘lamaydigan abituriyentlar toifasi ham mavjud. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ma’lumot berdi.

Rasmiyning ma’lum qilishicha, ta’lim muassasalari (maktab, litsey va kollejlar)ni 2020 yilda tamomlaganlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor shaxslar, to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar test topshirish uchun to‘lov qilishmaydi.

Bundan tashqari, chet el fuqarolari, alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga (ma’daniyat, san’at, sport va hokazo) ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar hamda test sinovlarisiz, ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihon o‘tkaziladigan va o‘qitish qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga topshirganlar ham shular toifasiga kiritilgan.

Shuningdek:

- Ota (onasi) xizmat vaqtida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari;

- Ota (onasi) xizmat vaqtida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;

- Yoshlar ittifoqi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar (respublika bosqichi g‘oliblari);

- Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda beriladigan tavsiyanomaga ega abituriyentlar;

- Tanlov yoki musobaqa g‘oliblari hamda davlat mukofoti sohiblaridan (xalqaro fan olimpiadasi, Respublika va xalqaro sport musobaqalari, Zulfiya mukofoti, Tarbiyachi tanlovi, Hamshira tanlovi, Nihol mukofoti, Kelajak ovozi, Badiiy akademiya, Mard o‘g‘lon) ham to‘lov undirilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing