“Kimcheninizm”: Kim Chen In otasi va bobosining suratlarini oldirib tashlamoqda
Olam
−
03 noyabr 2021
11680Koreya Xalq Demokratik Respublikasida mamlakatning sobiq yetakchilari Kim Ir Sen va Kim Chen Irning portretlari yo‘qolib qola boshladi. Bunga Shimoliy Koreyaning amaldagi rahbari Kim Chen Inning buyrug‘i sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bu haqda “Daily Mail” nashri Janubiy Koreya razvedkasiga asoslanib, xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In o‘zini “Buyuk yetakchi” deb chaqirishlarini xohlamoqda. Bungacha uning bobosi, KXDR asoschisi Kim Ir Senni shunday chaqirishgan.
KXDR Davlat kengashining amaldagi raisi Kim Chen In amaldorlarga fuqarolar orasida yangicha fikrlashni ilgari surishni buyurgan. U “kimcheninizm” deb nomlangan va allaqachon KXDR hukmron doiralari orasida faol qo‘llanmoqda. Janubiy Koreya mutaxassislari Kim Chen In shu tariqa o‘zidanda mashhur bo‘lgan ajdodlari “soyasi”dan chiqmoqchi deb hisoblayapti.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In 2011 yil oxirida otasi Kim Chen Ir vafotidan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan va uning bobosi Kim Ir Sen esa KXDR asoschisi bo‘lgan, u 1994 yilda vafot etgan. KXDR davlat mafkurasida shunday deyilgan: o‘g‘il hech qachon otasining vasiyatiga xiyonat qilmaydi. Kim Chen Inning merosxo‘ri bor-yo‘qligi noma’lum.
LiveBarchasi