AQSHning 16 ta shtatida sanitariya cheklovlari olib tashlanadi

Jamiyat

image

Sanitariya cheklovlarini olib tashlash bo‘yicha rasmiy rejalar AQSHning 50 ta shtatlaridan 16 tasi tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda kecha, 23 aprel kuni AQSH vitse-prezidenti Maykl Pens Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

“Hozirga qadar 16 shtat o‘zlarining rasmiy “ochilish“ rejalarini e’lon qildi“, deydi Pens.

AQSH hukumati shtatlarga agar ahvol yaxshi bo‘lsa cheklovlarni olib tashlashni buyurgan. Cheklovlarni qanday tarzda olib tashlash bo‘yicha Oq uy bir qator tavsiyalar berib o‘tgan.

“O‘tgan hafta Amerikani qayta “ochish“ bo‘yicha bizning tavsiyalarimizni taqdim etganingizdan beri ulardan 13 tasi amalda qo‘llanildi“, deydi Pens.

O‘tgan hafta Tramp AQSH rasmiylari “mamlakatni ochish“ ga kirishayotganini e’lon qildi. Ma’muriyat koronavirus tufayli joriy qilingan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha yangi tavsiyalarni chiqardi. Oq uy rahbari gubernatorlar cheklovlarni qachon olib tashlash to‘g‘risida o‘zlari qaror qabul qilishlari mumkinligini ta’kidladi. Chunki har bir shtatdagi vaziyat boshqasidan farq qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir qancha shtatlardagi yirik korxonalarni qayta faoliyat yuritishi uchun ruxsat etilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 886 709 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 85 922 nafari sog‘aygan, 50 243 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 750 544 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda Cheklovlar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing