Kim SIga asoslangan yangi qanotli raketani sinab ko‘rdi

Olam

image

Shimoliy Koreya sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanadigan ko‘p maqsadli yengil raketalarni uchirishning yangi tizimini va taktik qanotli raketalarning yalpi o‘t ochish tizimini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yangi taktik qanotli raketa yuqori aniqlikdagi avtonom navigatsiya va topografik moslashtirish (xaritani solishtirish) tizimi bilan birlashtirilgan, SI bazasidagi yakuniy yo‘naltirish funksiyasi bilan jihozlangan.

Qayd etilishicha, raketa rejalashtirilgan va dvigatelli parvozning kombinatsiyalashgan sxemasidan foydalangan holda 100 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarga yuqori aniqlikda zarba berishga qodir.

Sinovlarni Kim Chen Inning shaxsan o‘zi kuzatgan. U yangi ishlanmaning harbiy ahamiyatini yuqori baholagan va o‘t ochishni boshqarish hamda boshqa qurilmalarni avtomatlashtirishning yangilangan tizimlari zamonaviy jang sharoitlariga moslashtirilganini ta’kidlagan.

KMTA xabariga ko‘ra, yangi qurollarni Shimoliy Koreyaning janubiy chegara hududidagi uzoq masofali artilleriya bo‘linmalariga topshirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 aprel kuni Kim Chen In esminetsdan (harbiy kemadan) ikkita strategik qanotli raketa va uchta kemaga qarshi raketa uchirilishini kuzatgan edi. Bu raketalar G‘arbiy Koreya qo‘ltig‘i ustidan uchib o‘tib, nishonlarni o‘ta aniq zarba” bilan vayron qilgan.

Keyinchalik Shimoliy Koreya yetakchisi KXDR harbiy-sanoat majmuasining so‘nggi yillarda erishgan muvaffaqiyatlaridan “katta mamnuniyat” izhor etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya raketa un'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing