Kim Rossiya – Ukraina urushini muqaddas urush deb atadi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya bilan qo‘shma hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish niyatida ekanini ma’lum qildi hamda Rossiyaning Ukrainadagi urushdagi g‘alabasiga ishonch bildirdi. Bu haqda Kim Chen In Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan maktubida so‘z ochdi.

Qayd etilishicha , ushbu maktub kecha, 14 sentyabr kuni Shimoliy Koreya tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan Putinning tabrigiga javob tariqasida yuborilgan.

Kim Chen In Pxenyan hukumati Rossiya bilan do‘stlik, o‘zaro yordam va ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlariga asoslangan hamkorlikni har tomonlama kengaytirish va chuqurlashtirishga qat’iy irodaga ega ekanini ta’kidlagan.

Shuningdek, u Rossiyaning hozirgi “mamlakat xavfsizligi manfaatlari va xalqaro adolatni himoya qilish muqaddas urushi”da g‘alaba qozonishiga ishonch bildirgan. Bu ibora Rossiyaning Ukrainadagi urushiga ishora sifatida baholanmoqda.

Shimoliy Koreya yetakchisi Putin va Rossiya xalqiga “o‘zgarmas qo‘llab-quvvatlovi”ni va’da qilgan.

Kim Chen In shuningdek, Xitoy rahbari Si Szinpinga ham shunga o‘xshash maktub yo‘llagan. 13 sentyabr kuni Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi e’lon qilgan javob maktubida u Shimoliy Koreya Xitoy bilan an’anaviy do‘stlikni yanada rivojlantirish va umumiy sotsialistik maqsadni ilgari surish uchun hamkorlik qilishini bildirgan.

Ikkala maktub ham Putin va Si Szinpinning 9 sentyabr kuni, Shimoliy Koreya tashkil topganining 78 yilligi nishonlangan paytda yuborgan tabrik maktublariga javob bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi vaqtlarda Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yaqinlashdi. Shimoliy Koreya 2024 yilda Ukrainada Rossiya qo‘shinlari bilan birga jang qilish uchun harbiylarini yuborgan va o‘zaro mudofaa to‘g‘risidagi shartnoma doirasida harbiy hamkorlikni chuqurlashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Shimoliy Koreya Tumangan daryosi orqali o‘tuvchi birinchi avtomobil ko‘prigini ochgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing