Kim raketasini Yapon dengiziga uchirdi
Olam
−
14 yanvar 2025 3685 2 daqiqa
Shimoliy Koreya bugun, 14 yanvar kuni Yapon dengizi tomon bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi mamlakat Qurolli kuchlari Bosh shtabiga tayanib xabar berdi.
Shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi (JCS) ma’lumotlariga ko‘ra, uchirma mahalliy vaqt bilan taxminan soat 9:30 da Chagando provinsiyasi Kange shahri hududida qayd etilgan. Raketalar dengizga tushishdan oldin taxminan 250 kilometr uchgan. Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan uchirilgan raketalar soniga aniqlik kiritmadi.
Seul uchirishni Pxenyanning navbatdagi provokatsiyasi sifatida baholamoqda .
“Qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketalarning masofasini hisobga olsak, ularning nishoni Janubiy Koreya ekaniga amin bo‘lasiz”, deya ta’kidlaydi agentlik.
Bosh shtab rasmiylari raketa uchirilishini Koreya yarimorolida tinchlik va barqarorlikka tahdid soladigan “oshkora provokatsiya” deb atagan va Pxenyan “noto‘g‘ri qaror” qabul qilgan taqdirda to‘liq tayyor turishga va’da berdi. Janubiy Koreya harbiylari yangi uchirmalarga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida “kuzatuv va hushyorlikni oshirib, Shimoliy Koreya raketalari haqidagi ma’lumotlarni AQSH va Yaponiya tomonlari bilan yaqindan almashganini” qo‘shimcha qildi.
Oldinroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In eng so‘nggi gipertovushli ballistik raketasi har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimini yorib o‘tishga qodir ekanini ma’lum qilgandi. Kimning bildirishicha, KXDRning eng yangi gipertovushli raketasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi har qanday dushmanni to‘xtatib turish uchun mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirgani xabar qilingan edi. Raketa Yaponiyaning maxsus iqtisodiy zonasi tashqarisiga – Yapon dengiziga qulagan. Hech qanday zarar haqida xabar berilmagan. Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba tegishli vazirlik va idoralarga mahalliy aholiga vaziyat haqida tezkor ma’lumot yetkazish, mintaqada kemachilik va fuqaro aviatsiyasi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025