Kim oladi-ya, shuginani-ya... Putin va Tramp Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldilar

Olam

image

Rossiya  Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 2021 yil uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi. Yozuvchi Sergey Komkov 9 sentyabr kuni Osloda joylashgan Nobel qo‘mitasiga ariza yuborgan. 

"Bu mening tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga to‘rtinchi nomzodimdir. U shu yilning 9 sentyabrida yuborilgan va 10 sentyabr kuni ushbu ariza Osloda, Nobel qo‘mitasi shtab-kvartirasida qabul qilib olingan", dedi Komkov "Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni 2021 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga tavsiya etish to‘g‘risida" mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida. 

Komkovning so‘zlariga ko‘ra, u arizani yuborgandan keyin vaziyatni diqqat bilan kuzatib bordi.

"Mahalliy vaqt bilan soat 15:07 da Osloda qabul qilingan arizani Nobel qo‘mitasi kotiblaridan biri imzoladi. Ushbu ariza haqida bilgandan so‘ng, Amerika tomonining g‘azabi chiqdi. Kechga yaqin, mahalliy vaqt bilan soat 16:00 dan keyin, Oslodagi Amerika vakili darhol qo‘lyozma ariza yozib, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga da’vogarlik uchun ariza topshirdi. U mukofotga Birlashgan Arab Amirliklari va Isroil o‘rtasidagi qandaydir nizolarni hal qilgan Tramp nomzodini ko‘rsatdi", dedi yozuvchi.

Komkovning ta’kidlashicha, nomzodlar uchun arizalarni qabul qilish jarayoni sentyabrda boshlanib, oktyabrda yakunlanadi. Mart oyigacha qo‘mita ularni ko‘rib chiqadi va mart-aprel oylarida o‘z takliflarini yuborgan har bir kishiga ariza qabul qilinganligi, ko‘rib chiqilganligi, ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida xabarlar yuboradi. 

Shved sanoatchisi va ixtirochisi Alfred Nobelning vasiyatiga ko‘ra, tinchlik uchun Nobel mukofotidan tashqari qolgan barcha mukofotlar Stokholmda topshiriladi. Tinchlik uchun mukofot egasi esa Osloda taqdirlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

233

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing