Kim keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi
Olam
−
17 may 2025 3933 1 daqiqa
Joriy yilning 13 may kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In Shimoliy Koreya qurolli kuchlarini urushga tayyor bo‘lishga chaqirib, keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari Koreya Xalq Armiyasining birinchi gvardiyachi harbiy-havo diviziyasi tarkibidagi aviapolkni ko‘zdan kechirgan va Shimoliy Koreya harbiy-havo kuchlarining jangovar bo‘linmalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan harbiy mashg‘ulotlarga rahbarlik qilgan.
Mashg‘ulotlar chog‘ida Shimoliy Koreya harbiylari havo bo‘linmalari, zenit-raketa qismlari, radiolokatsiya va radioelektron kurash bo‘linmalari bilan birgalikda havo hujumidan mudofaa bo‘yicha topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazgan. Shuningdek, ular qanotli raketalar va “kamikadze” dronlarini yo‘q qilish bo‘yicha amaliyotlar ham bajargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Pxenyandagi Rossiya elchixonasiga tashrifi chog‘ida zarurat tug‘ilganda KXDR Qurolli kuchlarini Rossiyaga yordam berish uchun safarbar etish haqida buyruq berishini bildirgan edi.
Shuningdek, KXDR o‘z Qurolli kuchlarining Rossiyaning Kursk viloyatidagi harakatlarini yuqori baholab, Ukraina qo‘shinlaridan “bosib olingan hududlarni ozod etishni” Rossiya va KXDR o‘rtasidagi “mag‘lub etib bo‘lmaydigan jangovar birodarlik” namunasi sifatida ko‘rsatgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025