Kim eng katta kemasini qurmoqda

Olam

image

Shimoliy Koreya o‘z tarixida eng katta kemaga aylanishi mumkin bo‘lgan harbiy kemani qurmoqda. Bu haqda sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayanib, CNN xabar berdi.

“Maxar Technologies va Planet Labs” sun’iy yo‘ldoshlari tomonidan olingan suratlarga ko‘ra, ushbu kema Shimoliy Koreyaning g‘arbiy sohilida, Pxenyandan taxminan 60 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Nampo kemasozlik zavodida qurilmoqda.

“Hozirda kemaning ichki tizimlari qurilishi davom etmoqda, bu, ehtimol, quruqlik va dengizdagi nishonlarga qarshi foydalanish uchun raketalarni tashishga mo‘ljallangan, boshqariladigan raketalar fregati (FFG) bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, FFG taxminan 140 metr uzunlikka ega bo‘lib, Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan eng katta harbiy kema hisoblanadi.

Nashrning qayd etishicha, Pxenyan BMTning mamlakatga materiallar va texnologiyalardan foydalanishni qat’iy cheklovchi sanksiyalariga qaramay, kema qurmoqda. Ular KXDRga sanksiyalarni chetlab o‘tishda aynan Rossiya yordam berayotganini istisno qilmayapti.

Janubiy Koreyaning iste’fodagi admirali Kim Duk Kining fikricha, Moskva fregatning raketa tizimlari uchun texnologiyani taqdim etishi mumkin.

Rasmlar shuni ko‘rsatadiki, harbiy kema zamonaviy dengiz kuchlariga ega bo‘lgan qurollarga ega bo‘lishi mumkin.

OAVga ko‘ra, kema suratlari Koreya davlat markaziy televideniyesida o‘tgan yilning oxirida paydo bo‘lgan. Suratlarda KXDR yetakchisi kema konstruksiyasini ko‘zdan kechirayotgani aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasining maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘linmalari uchun mo‘ljallangan o‘quv bazasiga tashrifi chog‘ida yaqinda ishlab chiqilgan snayper miltig‘ini shaxsan sinab ko‘rgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing