Kim Chen Inning qiyofadoshi Avstraliyada omma oldiga chiqdi

Olam

image

Tashqi ko‘rinishi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni eslatuvchi parodist Melburnda Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrisonning saylovoldi tadbirida chaqirilmagan holda ishtirok etdi. Bu haqda “Sky News Australia” xabar bermoqda.  

Ta’kidlanishicha, parodist jurnalistlar e’tiborini o‘ziga qaratgan holda, agar liberallarga ovoz berilsa, kommunistlar oxir-oqibat Avstraliyada hukmronlik qilishini aytgan. Ommaviy axborot vositalari vakillari Kim Chen Inga o‘xshash shaxsning asl ismini aniqlashga harakat qilishgan, biroq u o‘zini “oliy yetakchi”dan boshqa hech kim emasligini da’vo qilishda davom etgan. 

“Kechirasiz, nima qilishni oliy rahbarga aytib berishingiz shart emas”, degan u. 

Biroq parodist uni “Howard X” deb atash mumkinligini ham tan olgan. Ta’kidlanishicha, bu taxallus ostida musiqa prodyuseri, siyosiy satirik va media olami vakili faoliyat yuritadi. 

Ma’lumot o‘rnida, voqea Bosh vazir Morrison Melburn chekkasidagi Extel Technologies elektronika korxonasiga tashrif buyurganida yuz bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya

Baholaganlar

598

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing