Kim Chen In Janubiy Koreyani “asosiy dushman” sifatida konstitutsiyaga kiritishga chaqirdi
Olam
−
16 yanvar
5039Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyani mamlakat konstitutsiyasida “birinchi raqamli dushman davlat” deb belgilashga chaqirdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Kecha, 15 yanvar kuni Kim Chen In KXDR Oliy xalq assambleyasining X sessiyasida so‘zga chiqib, mamlakatning asosiy qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgan.
U Seul va Vashingtonni “harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish va strategik aktivlarni joylashtirish orqali” Koreya yarimorolini potensial urush hududiga aylantirishda ayblagan.
Shuningdek, Kim Chen In Shimoliy va Janubiy Koreyani birlashtirishga erishish "mumkin emas"ligini qo‘shimcha qilgan. Shimoliy Koreya yetakchisi Pxenyandagi ikki davlat birlashishi ramzi bo‘lgan yodgorlikni buzish tarafdori.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pxenyan urush boshlamoqchi emas, lekin ayni paytda undan qochishga ham intilmaydi.
“Koreyalararo munosabatlarning achchiq tarixidan olingan yakuniy xulosa shuki, biz milliy birlashish yo‘lida birgalikda oldinga siljiy olmaymiz”, deydi Kim Chen In.
Ma’lumot uchun, KXDR hukumati avvalroq Koreyalararo ishlar bilan shug‘ullanuvchi departamentlarni tugatishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kim Chen In Mudofaa sanoati korxonalariga borganida Seul tomonidan harbiy provokatsiya sodir bo‘lgan taqdirda KXDR Koreya Respublikasini yo‘q qilish uchun butun arsenalini ishga solishdan tortinmasligini aytgandi.
LiveBarchasi