Kim Chen In o‘tirgan poyezd Rossiyaga yetib keldi

Olam

image

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In davlat tashrifi bilan Rossiyaga yetib keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

KXDR vakillari joy olgan poyezd Primoredagi Xasan temir yo‘llari stansiyasiga kelib to‘xtagan. Kim Chen Inni u yerda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosarlari Aleksandr Kozlov va Igor Morgulov, Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Koreyadagi elchisi Aleksandr Matsegora kutib oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kim Chen In hozirda Primoredan Vladivostokka yo‘l olgan, u yerda 25 aprelda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Kim Chen In Rossiya-KXDR

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing