Kim Chen In Shimoliy Koreyaga qaytdi
Olam
−
05 Sentabr 7712 1 daqiqa
KXDR Davlat ishlari raisi Kim Chen In Xitoyga tashrifini yakunlab, Pxenyanga qaytdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
2 sentyabr kuni KXDR Tashqi ishlar vazirligi Kim Chen In Pekinga Xitoy xalqining Yaponiya agressiyasiga qarshi qarshilik ko‘rsatish urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etish uchun kelganini ma’lum qildi. Bu Kim Chen Inning Xitoyga beshinchi tashrifi edi. Unga amaldorlardan tashqari, qizi Chju E ham hamrohlik qildi.

Kim Chen Inning Xitoyga avvalgi tashrifi 2019 yilning yanvar oyida bo‘lgan edi. KXDR va Xitoy o‘rtasidagi so‘nggi sammit 2019 yil iyun oyida Pxenyanda bo‘lib o‘tgan edi.
Pekinda Xitoy xalqining Yaponiya agressiyasiga qarshi kurashdagi g‘alabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan paradda Kim Chen In XXR yetakchisining chap tomonida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘ng tomonida joy oldi.
Kim Chen In Pekinga tashrifi davomida Si Szinpin va Vladimir Putin bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Live
Barchasi