Kim Chen In Shimoliy Koreyaga “foyda bermagan” iqtisodchiga chora ko‘rdi

Olam

image

KXDR rahbari Kim Chen In Vazirlar Mahkamasi ishini tanqid qildi va mamlakat iqtisodini saqlab qolish uchun "yangi g‘oyalar bilan chiqa olmagan" Bosh iqtisodchini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalariga asoslanib xabar berilgan. 

Shimoliy Koreya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotni boshqaruvchi asosiy muassasa sifatida o‘z vazifasini bajara olmayapti. 

"Vazirlar Mahkamasi asosiy iqtisodiy yo‘nalishlar rejasini tuzishda yetakchi rol o‘ynay olmadi", degan Kim Chen In. 

Shuningdek, u Hukumat rejalari ishlamayotgani hamda "innovatsion nuqtai nazar va aniq taktika" namoyish eta olmayotganini ta’kidlagan. 

KXDR rahbari joriy yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun maqsadlar juda yuqori, elektr energetikasi uchun esa juda past belgilangan, deb hisoblamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya

Baholaganlar

493

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing