Kim Chen In Shimoliy Koreyada hot-dogni taqiqladi

Olam

image

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakatda hot-dog iste’mol qilishni taqiqladi va ajrashgan er-xotinlarni jazolashni buyurdi. Bu haqda “DailyMail” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu taomni iste’mol qilish davlatga xiyonat bilan tenglashtiriladi, chunki hot-dog “juda g‘arbona” taom hisoblanadi. Hot-dog tayyorlashda qo‘lga tushganlar olti oy davomida mehnat lagerlariga yuboriladi. 

Shuningdek, nashrning yozishicha, Kim Chen In ajrashayotgan juftliklarni ham o‘z ayblarini yuvishlari uchun mehnat lagerlariga yuborishni buyurgan.

“O‘tgan yilga qadar er-xotin ajrashganda, faqat birinchi bo‘lib ajrashish uchun ariza bergan shaxs mehnat lagerlariga yuborilgan”, deyiladi xabarda.

Yanvar oyidan  boshlab ajrashgan er-xotinlarning ikkalasi ham o‘quv lagerlariga yuboriladi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing