Kim Chen In sevimli raketasini yana sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
13 iyul 2023
4227Shimoliy Koreyada qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan “Xvason 18” qit’alararo ballistik raketasi sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda “Yonhap” agentligi Shimoliy Koreyadagi ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berdi.
Aytilishicha, uchirish vaqtida “Xvason 18” 74 daqiqa 51 soniyada 1100 km masofani bosib o‘tib, belgilangan manzilga qo‘ngan. Raketaning maksimal parvoz balandligi 6648 kilometrni tashkil etgan.
Ushbu ballistik raketani sinab ko‘rish kecha, 12 iyul kuni amalga oshirilgan. Uchirish mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da bo‘lgan.
Uchirishda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ishtirok etgan. Uning ta’kidlashicha, mamlakat harbiylari AQSH Pxenyanga nisbatan dushmanlik siyosatidan voz kechmaguncha hujumkor choralarni ko‘rishda davom etadi.
Shimoliy Koreya rasmiylari raketa mamlakat strategik Qurolli kuchlarining asosiy vositasi bo‘lishini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu mamlakatda “Xvason 18”ning ikkinchi marotaba sinovdan o‘tkazilishi bo‘ldi. Raketa birinchi marta 2023 yil 13 aprelda uchirilgandi.
LiveBarchasi