Kim Chen In ozib ketgani ma’lum bo‘ldi. Bu tashqi dunyoga tashvish deb baholanmoqda
Olam
−
09 iyun 2021
19921Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In jamoatchilik oldida so‘nggi bor ko‘ringanidan buyon sezilarli darajada ozgan. Bu haqda “NK News” nashri xabar bergan.
Kim Chen In bir oyga yaqin jamoatchilik oldida ko‘rinmagan va uning hozirgi fotosuratlaridan sezish mumkinki, KXDR yetakchisining vazni sezilarli darajada kamaygan.
“Agar (to‘satdan vazn yo‘qotish — tahr.) sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lsa, unga vorislik uchun allaqachon parda ortida kurash ketayotgan bo‘lishi mumkin va bu beqarorlik tashqi dunyo uchun ham xavotirli”, degan Massachusets Texnologiya universiteti siyosatshunoslik dotsenti Vipin Narang.
Narangning fikriga ko‘ra, boshqa tomondan Kim Chen Inning ozishi uning xalq orasida o‘z mashhurligini oshirishga qadam bo‘lishi ham mumkin. Shimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan KXDR rahbarining bilagi va uning soati aks etgan fotosuratlar taqqoslangan. Ularga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan soat kamari Kim Chen Inning bilagiga tobora qattiqroq tortilmoqda.
“KXDR yetakchisining vazni o‘zgarishi uning mamlakat siyosiy hayotidagi qat’iy va to‘liq nazoratini o‘zgartirmaydi”, deya xulosa qilgan nashr.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In 4 iyun kuni bir oy deganda birinchi marta ommaga ko‘rinish berib, Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy apparati siyosiy byurosi yig‘ilishida ishtirok etgandi.
LiveBarchasi