Kim Chen Inning o‘rinbosari lavozimi joriy etildi. Nomzod ham begona emas
Olam
−
03 iyun 2021
13990Koreya Mehnat partiyasida birinchi kotib lavozimi joriy etildi. Ushbu lavozimga hozircha hech kim tayinlanmagan va uni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon egallashi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, birinchi kotib partiya Bosh kotibi Kim Chen Inning o‘rinbosari vazifasini bajaradi.
“Favqulodda holatlarda, shu jumladan Kim Chen Inning sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyatlarda, Kim Yo Chjon o‘rinbosar lavozimini egallashi mumkin va hokimiyat Kim Chen Inning o‘g‘liga o‘tguniga qadar u vaqtincha voris vazifasini bajaradi”, degan Janubiy Koreyaning Birlashish masalalari bo‘yicha sobiq vaziri Li Chon Sok.
Li Chon Sokning qo‘shimcha qilishicha, ushbu lavozimni KXDR yetakchisining yaqin yordamchilaridan biri, Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi kotibi Cho Yon Von ham egallashi mumkin. Biroq, bunday vaziyat yuzaga kelishi biroz haqiqatdan yiroq, chunki Cho Yon Von Kim Chen Inning oila a’zosi hisoblanmaydi.
Avvalroq, Kim Chen In COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq xavotirlar tufayli jamoat tadbirlarida kam ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi