Kim Chen In ozib, “cho‘p bo‘lib qoldi”

Olam

image

KXDR yetakchisi Kim Chen In yana omma oldida ko‘rinish berdi. Bu safar u Koreya Mehnat partiyasi (KMP) yig‘ilishida ishtirok etdi. OAV Shimoliy Koreya rahbarining tashqi qiyofasidagi o‘zgarishga e’tibor qaratmoqda – u misli ko‘rilmagan darajada vazn yo‘qotgan.

Kecha, 28 dekabr kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) partiyaning so‘nggi yig‘ilishidan olingan suratlarni e’lon qilgan. Unda KMP vakillari 2021 yilda partiya siyosatini amalga oshirish, hamda, kelgusi yil uchun iqtisodiy inqiroz sharoitida rivojlanish strategiyasini muhokama qilgan.

Matbuotda paydo bo‘lgan kadrlarda, Shimoliy Koreya yetakchisining davlat rahbari sifatidagi o‘n yillik faoliyati davomida har qachongidan ham nozikroq ko‘rinishga ega bo‘la boshlaganini payqash mumkin.

Sentyabr oyida, KXDR tashkil topganining 73 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etgan Kim Chen In omma oldiga avvalgiga nisbatan ozg‘in tashqi ko‘rinishda chiqqan. Keyinchalik, uning Xitoy Xalq Respublikasi asoschisi Mao Szedun uslubidagi kostyumni yevropacha uslubdagi galstukli yengil kostyumga almashtirgani jurnalistlar e’tiborini tortgan edi.

Avgust oyida Shimoliy Koreya fuqarolariga milliy rahbar Kim Chen Inning vazn yo‘qotgani ortidan, uning salomatligi va tashqi ko‘rinishini muhokama qilish taqiqlangani xabar qilingan edi. Bir necha oy avval, KXDR yetakchisining keskin vazn yo‘qotgan holda ommaga ko‘rinish berishi, uning kasalligi haqidagi mish-mishlarni keltirib chiqardi. Shu bilan birga, ayrim ekspertlar to‘satdan vazn yo‘qotishning ortida Shimoliy Koreya rahbarining sog‘lom turmush tarziga amal qilayotgani turgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan. 

Ma’lumot uchun, 2011 yilda hokimiyatga kelgan Kim Chen In har yili 6-7 kilogrammdan vazn to‘plab, 2020 yilda uning vazni 140 kilogrammga yetgani ma’lum qilingan edi.

 

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

824

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing