Kim Chen In komada – OAV

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In komaga tushgan. Bu haqda janubiy koreyalik diplomat Chang Son Min ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Daily Mail”.

Diplomat Janubiy Koreyaning marhum Prezidenti Kim De Chjunning yordamchisi bo‘lgan. U KXDR hukumati o‘z yetakchisining ahvoli og‘irlashganini sir saqlayotganini ta’kidlamoqda.

“Men u komada deb o‘ylayman, ammo o‘lmagan”, degan Chang Son Min. U shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon akasining bir qism vakolatlarini olishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan. Ammo gap to‘liq vorislik haqida ketmayapti.

Avvalroq, “Yonhap” agentligi Kim Chen In o‘z vakolatlarining bir qismini singlisi Kim Yo Chjonga berish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. U hozirda mamlakatining AQSH va Janubiy Koreya bilan munosabatlariga javobgar.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In KXDR

Baholaganlar

1193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing