Kim Chen In komada emasligi ma’lum bo‘ldi. U koronavirus masalasida yig‘ilish o‘tkazdi
Olam
−
26 avgust 2020
6292Joriy hafta boshida yana Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat kengashi raisi Kim Chen Inning salomatligi bilan bog‘liq mish-mishlar tarqalib, u komada yotgani xabar qilingan edi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Kim Chen Inning sog‘ligi joyida va u Koreya mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosida koronavirus tarqalishi va to‘fon oqibatlariga qarshi kurash masalalarini muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazgan.
Yig‘ilishda 26-27 avgust kunlari Shimoliy Koreyaning qirg‘oqlariga yopirilishi kutilayotgan to‘fon va undan zararlanishning oldini olish uchun favqulodda choralar belgilash masalasi ko‘rib chiqilgan.
Uchrashuv ishtirokchilari hududlar aholisini tabiiy ofatlardan himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga yetishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirishga alohida e’tibor qaratishlari belgilangan.
Yig‘ilishda shuningdek koronavirus pandemiyasining tarqalishiga qarshi turish uchun joriy qilingan "karantin choralarining ba’zi kamchiliklari" muhokama qilingan. Ushbu kamchiliklarga qarshi kurashish va infeksiya kasallik tarqalishidan himoyalanishni kuchaytirish uchun Siyosiy byuro bir qator qarorlar qabul qilgan.
LiveBarchasi