Kim Chen In KXDRda janubiy koreyalik amaldor shafqatsizlarcha o‘ldirilgani uchun uzr so‘radi
Olam
−
25 Sentabr 2020 11120 2 daqiqa
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In Sariq dengizda o‘ldirilgan Janubiy Koreya fuqarosining o‘limidan afsusda ekanini bildirib, qo‘shni mamlakat xalqidan kechirim so‘radi.
Janubiy Koreya razvedka xizmati Su Xo Onning ma’lum qilishicha, rasmiy Pxenyan Seulni Kim Chen In mazkur hodisadan “chuqur qayg‘uda” ekanini bildirgan. KXDR dengiz suvlarida o‘lgan janublik amaldor bo‘lgan.
Shuningdek, KXDR amaldorning o‘limi bilan bog‘liq surishtiruv ham o‘tkazgan. Pxenyanning ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya askarlari KXDR suvlaridagi amaldorga qarta 10 martaga yaqin o‘q uzgan. Otishmadan keyin asakarlar amaldor bo‘lgan suzuvchi vositani yoqib yuborishgan. Shu bilan birga Pxenyan harbiylar dengiz chegarasini muhofaza qilish bo‘yicha reglamentga amal qilganini ta’kidlagan.
Su Xo On Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In va Kim Chen In shaxsiy xat almashganini ham qo‘shimcha qildi.
“Yonhap” agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Janubiy Koreya Dengiz va qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimi KXDRning territorial suvlarida qasddan o‘ldirilgan. Rasmiy Seul Pxenyan tomonidan amalga oshirilgan bu kabi “shafqatsizlik akti” bo‘yicha tushuntirish so‘ragan va aybdorlar jazolanishini talab qilgan.
Seulning ma’lumotlariga ko‘ra, 47 yoshli amaldor 21 sentyabr kuni Yonpxyondo oroli yaqinida inspeksiya o‘tkazayotgan kater bortidan yo‘qolib qolgan. Taxminlarga ko‘ra, u KXDRga qochishga urinib, mamlakat territorial suvlar orqali suzib ketgan. 22 sentyabr kuni kechasi Shimoliy Koreya patruli uni payqab qolib, otib tashlagan. Shundan so‘ng oliy qo‘mondonlik buyrug‘i bilan marhum tanasi orolda yoqib yuborilgan.
Live
Barchasi