Kim Chen In qizi bilan Pxenyandagi paradda qatnashdi (fotoreportaj)

Olam

image

Kecha, 8 sentyabr kuni Pxenyanda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) tashkil topganining 75 yilligi munosabati bilan qurolli fuqaro mudofaasi kuchlarining paradi bo‘lib o‘tdi. Unda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In qizi Kim Chju E bilan birga ishtirok etdi. Bu haqda KXDR davlat radiosi “Koreya ovozi” xabar berdi.

Parad Kim Ir Sen maydonida bo‘lib o‘tgan. Tadbir davomida parashyutchilar parvoz qilish texnikasini bajarib, davlat bayrog‘i bilan qo‘ngan, osmonda “75” raqami tasvirlangan samolyotlar uchgan. Faxriy qorovul va orkestr chiqish qilgan.

Paradga Xitoy Kommunistik Partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi, XXR Davlat kengashi Bosh vazirining o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi partiya-hukumat delegatsiyasi, A. V. Aleksandrov nomidagi Rossiya armiyasining akademik ashula va raqs ansambli, shuningdek, Xitoy va Rossiyaning Pxenyandagi diplomatlari taklif etilgan.


Bundan tashqari, ishchi va dehqon qizil militsiyasi ekipajlari, shuningdek, uning mexanizatsiyalashgan bo‘linmalari tantanali marshda o‘tgan. Mototsikllar, tankga qarshi raketalarga ega traktorlar, zenit va raketa qurollari mamlakatning bosh maydonidan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Koreya xalq armiyasi tashkil etilganining 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan harbiy paradda ham Kim Chen In qizi bilan qatnashgandi. Iyul oyida Koreya urushi tugaganining 70 yilligi munosabati o‘tkazilgan paradda esa Kim Chen In Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Li Xonchjong bilan birga harbiy texnikalarni kuzatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya parad Pxen'yan Kim Chju E

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing