Kim Chen In gipertovushli raketasi bilan maqtandi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In eng so‘nggi gipertovushli ballistik raketasi har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimini yorib o‘tishga qodir ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

“Dunyoning hech bir davlati bizning o‘rta masofali eng yangi gipertovushli raketamizning jangovar qudratini e’tiborsiz qoldira olmaydi. U har qanday zich raketaga qarshi mudofaa tizimini samarali ravishda yengib, dushmanga kuchli harbiy zarba bera oladi”, deydi KXDR yetakchisi

Kim Chen Inning bildirishicha, KXDRning eng yangi gipertovushli raketasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi har qanday dushmanni to‘xtatib turish uchun mo‘ljallangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pxenyan atrofidagi poligondan shimoli-sharq yo‘nalishda uchirilgan gipertovushli boshqariluvchi jangovar kallakga ega raketa tovush tezligidan 12 baravar yuqori tezlikda harakatlanib, belgilangan trayektoriya bo‘ylab uchgan. Uning dastlabki maksimal balandligi 99,8 kilometrga, ikkinchi maksimal balandligi esa 42,5 kilometrga yetib, uchirish joyidan 1 500 kilometr uzoqlikda ochiq suv havzasidagi belgilangan hududga aniq yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirgani xabar qilingan edi. Raketa Yaponiyaning maxsus iqtisodiy zonasi tashqarisiga – Yapon dengiziga qulagan. Hech qanday zarar haqida xabar berilmagan. Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba tegishli vazirlik va idoralarga mahalliy aholiga vaziyat haqida tezkor ma’lumot yetkazish, mintaqada kemachilik va fuqaro aviatsiyasi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In gipertovushli raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing