Kim Chen In Donald Tramp bilan uchrashuvga zirhlangan poyezdda yo‘l oldi
Olam
−
23 fevral 2019
8123Avvalroq, joriy yilning 27-28 fevral kunlari AQSH prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In Xanoyda uchrashishi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 23 fevral kuni KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun Pxenyandan Vetnam poytaxti Xanoyga poyezdda jo‘nab ketdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da Kim Chen In o‘zining zirhlangan poyezdida Xanoyga yo‘l oldi. Vetnam poytaxtigacha KXDR rahbari Xitoy orqali borishi kutilyapti”, deyiladi xabarda.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, Kim Chen Inning poyezdi Xitoyning Dandun stansiyasiga borib, u yerdan janubga yo‘l oladi. KXDR poytaxtidan Xanoygacha temir yo‘l 4,5 ming km.dan ortiq masofani bosib o‘tishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH va KXDR davlat rahbarlarining birinchi tarixiy uchrashuvi o‘tgan yilning 12 iyun kuni Singapurda bo‘lgandi. Sammit yakunida Donald Tramp va Kim Chen In qo‘shma hujjat imzolagan. Unga ko‘ra, rasmiy Vashington xavfsizlikni kafolatlashi evaziga KXDR to‘la denuklearizatsiya o‘tkazish majburiyatini olgandi.
LiveBarchasi