Kim Chen In armiyasining urushga tayyorgarligini kuchaytirishni buyurdi
Olam
−
10 avgust 2023
6371Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat Mehnat partiyasi Markaziy harbiy qo‘mitasining so‘nggi yig‘ilishida Koreya yarim orolida murakkab harbiy-siyosiy vaziyatni inobatga olgan holda armiyaning urushga tayyorgarlik darajasini oshirishni buyurdi. Bu haqda mamlakat markaziy axborot agentligi xabar berdi.
“XDP Markaziy harbiy qo‘mitasi (MHK) Koreya yarimorolida yuzaga kelgan jiddiy harbiy-siyosiy vaziyatga javoban armiyani urushga yanada izchil tayyorlash bo‘yicha eng muhim masalalarni muhokama qilish uchun kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi. O‘rtoq Kim Chen In Koreya yarimorolidagi ishlarning bugungi holatini chuqur sarhisob qildi va tahlil qildi. Armiyaning urushga tayyorgarligini yanada tezlashtirish bo‘yicha nutq so‘zladi”, deyiladi agentlik xabarida.
Aytilishicha, KXDR yetakchisi urushni to‘xtatish uchun mo‘ljallangan kuchli zarba beruvchi qurollarni ko‘paytirish, shuningdek, bunday qurollarni barcha bo‘linmalar, jangovar tuzilmalarda tezkor joylashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarurligini bildirgan.
Bundan tashqari, Kim Chen In mamlakatning butun harbiy-sanoat majmuasini modernizatsiya qiluvchi armiyaning tezkor ehtiyojlarini hisobga olgan holda barcha turdagi qurollarni ommaviy ishlab chiqarish bo‘yicha ishlarni rivojlantirish kerakligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 27 iyul kuni Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda harbiy parad bo‘lib o‘tgandi. Unda mamlakatning eng so‘nggi harbiy va razvedkachi dronlari, qit’alararo ballistik raketalari namoyish etildi.
LiveBarchasi