Kim Chen In armiyasini AQSHga qarshi urush uchun yaxshiroq tayyorlanishga chaqirdi

Olam

image

KXDR Prezidenti Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining IX plenumida so‘zga chiqib, armiya uchun yangi yildagi "jangovar vazifalar"ni belgilab berdi. Bu haqda Markaziy telegraf agentligi (KCNA) ma’lum qildi.

O‘zining yakuniy nutqida u Shimoliy Koreya armiyasi va mudofaa sanoati oldiga ehtimoliy urush uchun tayyorgarlikni kuchaytirish vazifasini qo‘ydi.

“AQSHning Shimoliy Koreyaga qarshi misli ko‘rilmagan fitnalari tufayli xalq armiyasi, harbiy sanoat, yadro quroli va fuqaro mudofaasiga urushga tayyorgarlikni yanada jadallashtirish bo‘yicha jangovar topshiriqlar berildi. Shuningdek, yarim oroldagi keskin harbiy-siyosiy vaziyatni chuqur tahlil qilish, antimperialistik va mustaqil davlatlar bilan aloqalarni kengaytirish va ular bilan bosqinchilik siyosatiga qarshi qo‘shma harakatlar olib borish vazifasi qo‘yildi”, deyiladi KCNA xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 21 noyabr kuni Shimoliy Koreya “Manrigyon-1” josuslik sun’iy yo‘ldoshini uchirgandi. Shundan so‘ng, Oq uy bu harakatni BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzish, deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kim Chen In KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing