Kim Chen In Xanoyga yetib keldi

Olam

image

Joriy yilning 23 fevral kuni KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun Pxenyandan Vetnam poytaxti Hanoyga poyezdda jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. 

Kim Chen In o‘tirgan poyezd Xanoyga ketib keldi. U Dongdon chegara vokzalidan Xanoygacha kortejda harakatlangan. Buning uchun ikki soatdan kamroq vaqt sarflangan. 

Davlat rahbari havfsizligini ta’minlash uchun Vetnam poytaxtining bir qancha markaziy ko‘chalari yopib qo‘yildi. Kutilganidek, Kim Chen In besh yulduzli “Melia” mehmonxonasiga kelib tushdi. Shu tariqa Shimoliy Koreya prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv joyiga yetib keldi.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen Inning maxsus poyezdi bugun ertalab, mahalliy vaqt bilan 8:13 da Vetnam chegarasidan o‘tib, Dongdon vokzaliga kirib keldi. Vetnamga xavfsiz yetib kelishi uchun Kim Chen In poyezdi Pxenyandan boshlab salkam butun Xitoyni aylanib chiqdi. Kortej 4 ming kilometr yo‘lni 65 soatda bosib o‘tgan.
 
AQSH rahbari yaqin fursatlarda Vetnamga yetib keladi. Oq Uy bergan xabarga ko‘ra, ikki davlat sammiti 27-28 fevral ko‘nlari bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari shaxsan uchrashadilar, rasmiy tushlik uyushtiriladi. Muzokaralar juma kuni ham davom etishi taxmin qilinmoqda. OAV hodimlari hisobiga ko‘ra, AQSH va XXDR rahbarlari 5 marotabagacha muloqot uyushtirishlari mumkin.

Ekspertlarning ma’lum qilishicha, Vetnam hukumati AQSH va XXDR sammitiga masuliyat bilan yondoshishgan. Ayniqsa, davlat rahbarlari bilan bog‘liq har qanday muammo va tushunmovchiliklarni oldini olishga harakat qilishyapti.
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Donal'd Tramp Kim Chen In Xanoy

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing