Kim Chen In harbiy mashqlarni kuchaytirishni buyurdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasining asosiy bazasiga bordi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

U o‘quv binolarini ko‘zdan kechirgan va harbiy qismlarning amaliy mashg‘ulotlariga rahbarlik qilgan.

Xabarda aytilishicha, tashrif davomida Shimoliy Koreya yetakchisi harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar intensivligini oshirishni buyurgan.

Tashrif AQSH va Janubiy Koreya o‘rtasida 4 mart kuni boshlangan "Freedom Shield" (“Ozodlik qalqoni”) deb nomlangan keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar fonida bo‘lib o‘tdi. Pxenyan ushbu manyovrlarni Shimoliy Koreyaga bostirib kirish uchun repetitsiya deb atadi. Seul va Vashington bu ayblovni rad etib, mashg‘ulotlar mudofaa maqsadida ekanini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 14 martgacha davom etadigan “Freedom Shield” harbiy mashg‘ulotlari davomida Koreya Respublikasidagi Amerika harbiy kontingenti quruqlik, dengiz, havo va kiberkosmosdagi harakatlarni, shuningdek, dushman yadroviy kuchlariga javob berish uchun “kosmik aktivlar”dan foydalanishni mashq qilishi ma’lum qilingandi. Mashg‘ulotlar davomida BMT qo‘mondonligiga a’zo 12 davlat vakillari ham kuzatuvchi sifatida qatnashadi. “Freedom Shield” amaliy va virtual mashqlarni o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulotlarda kompyuter simulyatsiyasidan ham foydalaniladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing