Bosh prokuraturasi Bekoboddagi zaharlanish bo‘yicha bayonot berdi

Jamiyat

image

Bugun, 27 sentyabr kuni Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan bog‘chaning 11 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlangani haqida xabar bergan edik. O‘bekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan xabar qilishlaricha, zaharlangan bolalar 14 nafarga yetgan. Bosh prokuratura bayonotida shunday deyiladi:

Bekobod shahar 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining 14 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilari shahar Tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar shifoxonasiga qorin og‘rig‘i kassaligi bilan murojaat qilishgan. Tibbiy tekshiruv natijasiga ko‘ra 14 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilarga “o‘tkir diareya gastro enterit” tashhisi qo‘yilgan.

Holat yuzasidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlardan namunalar olingan va tekshirish uchun viloyat Davlat sanitariya epidemologiya nazorat markaziga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Ovqatdan zaharlanish

Baholaganlar

35

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing