Kichik Do‘stum qo‘shinlari bilan toliblarga bo‘ysunmayotgan Panjsherga keldi

Olam

image

Afg‘onistonning eng obro‘li shaxslaridan biri Marshal Abdul Rashid Do‘stumning o‘g‘li Yormuhammad Do‘stum boshchiligidagi otryad kecha, 19 avgust kuni Afg‘onistonning Panjsher viloyatiga yetib keldi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, u o‘zi bilan o‘nlab odamlar, shuningdek, harbiy texnika olib kelgan. Yormuhammad Do‘stum qo‘mondonligi ostidagi qo‘shinlarning aniq soni ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Panjsher viloyati Afg‘onistonning “Tolibon” nazoratiga o‘tmagan yagona hudud bo‘lib turibdi. Viloyatga shuningdek, Ashraf G‘anidan keyin o‘zini Afg‘onistonning vaqtinchalik Prezidenti, deb e’lon qilgan Amrulla Solih ham yetib kelgan. Hudud "Tolibon" harakatiga qarshilik ko‘rsatish markazi sifatida shakllanmoqda. Viloyatga afg‘on harbiylari va maxsus topshiriqlar bo‘linmasi askarlari yetib kelgan.

Avvalroq, qarshilik harakati “Tolibon” pozitsiyalariga hujum qilib, Qobul shimolidagi Chorikor tumanini toliblardan qaytarib olgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Marshal Do‘stumning o‘zi ham 10 ming kishilik qo‘shin bilan Panjsherga yo‘l olgani aytilgandi.

Panjsherda qarshilik harakatiga yetakchilik qilayotgan Ahmad Mas’ud (o‘tgan asrning 80-90-yillarida SSSR qo‘shinlariga va keyinroq “Tolibon”ga qarshi kurashgan mujohidlar lideri Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li) G‘arb davlatlariga yordam so‘rab murojaat qildi. U toliblarga qarshi kurash uchun qurol zarurligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Marshal Abdul Rashid Do'stum

Baholaganlar

1520

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing