Marshal Do‘stum yurak xurujidan vafot etdimi? U qayerda?

Olam

image

So‘nggi vaqtlarda ijtimoy tarmoqlarda Afg‘onistonning eng obro‘li shaxslaridan biri Marshal Abdul Rashid Do‘stum yurak xurujidan vafot etgani haqida xabar tarqalmoqda.

Bu yangilik kecha, 28 avgust kuni Facebook’da Marshalning to‘ng‘ich o‘g‘li Botur Do‘stum nomiga ochilgan sahifada tarqatilgan.

Abdul Rashid Do‘stumning qarindoshi Ahmad Fayzi Sputnik nashri bilan muloqotda bu ma’lumotlarni inkor qildi.

“Bu Facebook’dagi feyk akkaunt. Ko‘rinib turibdiki, Marshal Do‘stumning dushmanlari shunday mish-mishlar tarqatgan. Biroq, ular behudaga Do‘stumni dafn etishga urinmoqda. U tirik va sog‘lom. Marshal Afg‘onistonga qaytadi va mamlakatini toliblardan ozod qiladi”, degan Marshalning qarindoshi.

Ato Muhammad Nurning yordamchisi ham afg‘on marshalining vafot etgani haqidagi xabarni inkor qilgan.

“U Turkiyada. Kechasi Ato Muhammad Nur Do‘stum bilan telefon orqali suhbatlashdi va Afg‘oniston shimolidagi vaziyat hamda kelgusidagi birgalikdagi harakatlarni muhokama qildi”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor OAVda Marshal Do‘stum "Tolibon"ga qarshilik kuchlari joylashgan Panjsherga yo‘l olgani haqida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Marshal Abdul Rashid Do'stum

Baholaganlar

2942

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing