Kichik Bayden o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar qayta ko‘rib chiqilishini talab qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Hanterning advokatlari qurol bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha yangi sud jarayonini o‘tkazish uchun ariza bergan, biroq bu ma’lumot chop etilganidan bir necha daqiqa o‘tib, sud ma’lumotlar bazasidan o‘chirib tashlangan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Delaver federal sudining veb-saytida e’lon qilingan eslatmaga ko‘ra, yangi sud jarayonini o‘tkazish uchun berilgan ariza advokatning iltimosiga binoan olib tashlandi.

Xabaringiz bor, AQSH Prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Bayden noqonuniy ravishda qurol sotib olish va saqlashda ayblanmoqda. Unga qo‘yilgan ayblovning ikkita bandi 2018 yilda u to‘pponcha sotib olayotganda giyohvand moddalarni iste’mol qilmasligi haqida yolg‘on gapirgani bilan bog‘liq. Uchinchi bandda esa Jo Baydenning arzandasi giyohvand moddalarni iste’mol qilgan davrda o‘qotar qurolga ega bo‘lgani da’vo qilinmoqda. Ikkala holat ham federal jinoyat sanaladi.

Shu munosabat bilan Hanter Bayden joriy yilning 11 iyun kuni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarning barchasi bo‘yicha aybdor deb topildi. AQSH Prezidentining o‘g‘li 25 yilgacha qamoq jazosi va 750 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin.

Mazkur vaziyatda Jo Bayden prezidentlik vakolatlaridan foydalangan holda o‘g‘lini afv etmasligini ta’kidladi. AQSHning amaldagi Prezidenti o‘z o‘g‘li ustidan chiqarilgan sud qarorini hurmat qilishini ham aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Hanter Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing