Kichik hisoblar, katta dramatizm: La Ligada 12-tur yakunlandi

Sport

image

Kecha, 9 noyabr oqshomida Ispaniya La Ligasining 12-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakunlandi. Bu turda turnir jadvali peshqadami “Real Madrid” kutilmagan tarzda “Rayo Valekano” maydonida nursiz durang qayd etdi. O‘z raqiblarining ochko yo‘qotishidan unumli foydalangan “Barselona” esa “Selta” maydonida g‘alaba qozondi.

Turning barcha uchrashuvlari tafsilotlari bilan tanishing:

“Elche” 1:1 “Real Sosedad” 

“Elche” o‘z maydonida yaxshi harakat qildi. Mezbonlar uchrashuv so‘ngiga qadar g‘alabani saqlab kelayotgan edi, biroq “Real Sosedad” oxirgi daqiqalarda hujumi orqali penalti ishlab chiqdi va undan unumli foydalanib, durang natija bilan uchrashuvni yakunladi.

“Jirona” 1:0 “Alaves” 

“Jirona” muxlislari qarshisida o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi va yakunda bitta gol bilan g‘alaba qildi. “Alaves” hujumda bir necha imkoniyat yaratishga harakat qildi, ammo ular samarasiz yakunlandi.

“Sevilya” 1:0 “Osasuna” 

Bu uchrashuvda ham “Sevilya” minimal hisobda g‘alaba qozondi. “Osasuna” himoyasi kuchli edi, lekin bitta goldan keyin jamoa javob berolmadi.

“Atletiko Madrid” 3:1 “Levante” 

Diyego Simeone shogirdlari hujumda faollik ko‘rsatib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Levante” esa bir gol bilan javob berdi, ammo raqib himoyasining mustahkamligi tufayli hisobni o‘zgartirolmadi.

“Espanol” 0:2 “Vilyarreal” 

“Vilyarreal” safarda kuchli o‘yin ko‘rsatdi va ikki gol bilan g‘alaba qozondi. “Espanol” uchun ushbu natija ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

“Atletik Bilbao” 1:0 “Real Ovedo” 

“Atletik Bilbao” bitta gol bilan g‘alaba qozondi. “Real Ovedo” himoyada biroz zaif ko‘rindi va hujumlarda imkoniyat yarata olmadi, natijada jamoa mag‘lubiyatga uchradi.

“Rayo Valekano” 0:0 “Real Madrid” 

“Real Madrid” Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Rayo Valekano” ustidan ishonchli g‘alaba qozonishi taxmin qilingan edi, biroq Xabi Alonso shogirdlari kutilmaganda mehmonda nursiz durang qayd etdi.

“Valensiya” 1:1 “Real Betis” 

Ushbu uchrashuvda har ikki jamoa ham imkoniyat yaratishga harakat qildi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida hisob ochildi, ammo ko‘p o‘tmay “Real Betis” hisobni tenglashtirdi.

“Malorka” 1:0 “Xetafe” 

Ushbu turda kichik hisobdagi g‘alabalar ko‘p bo‘ldi. Ulardan biri “Malorka”–“Xetafe” uchrashuvi bo‘lib, mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondilar. “Xetafe” hujumda imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.

“Selta” 2:4 “Barselona” 

Peshqadamning ochko yo‘qotishidan “Barselona” unumli foydalandi. Kataloniyaliklar safarda “Selta” darvozasiga 4 ta gol urdi va yetakchi bilan ochkolarini 3 ochkoga qisqartirdi. “Selta” esa birinchi bo‘limda 2 ta gol urganiga qaramay, yakunda 3 ochkoni yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, yakunlangan turdan so‘ng “Real Madrid” 31 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. “Barselona” esa ushbu turdagi g‘alabasi bilan peshqadam bilan ochkolarini 3 ochkoga qisqartirdi. Navbatdagi tur uchrashuvlari xalqaro tanaffusdan so‘ng, 22 noyabr kuni boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya “Barselona” “Real Madrid” La Ligas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing