Kiberxavfsizlik markazi Matviyenkoga yuborilgan o‘lim tahdidini o‘rganmoqda
Jamiyat
−
03 may 2023
10454O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi “Sukut saqlama” (“Nemolchi”) loyihasi asoschisi jurnalist Irina Matviyenko o‘lim tahdidi tufayli mamlakatni tark etishga majbur bo‘lganini aytgandi. Ushbu holat Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘rganilayotgani ma’lum qilindi.
“Jamoat faoli Irina Matviyenkoning shaxsiy akkauntiga yuborilgan tahdidli xabar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘rganilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Keltirilishicha, holatga o‘rganish natijalari bo‘yicha huquqiy baho beriladi.
Matviyenkoga ko‘ra, noma’lum shaxs jurnalistni oy oxirigacha o‘ldirishga majbur bo‘lgani haqida xabar yozgan. Shuningdek, jurnalist hozirda Gruziyada ekanini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Irina Matviyenko mamlakatda ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan xorazmlik pedofil amaldor voqeasini fosh etgandi.
LiveBarchasi