XJS Netanyaxuni hibsga olish uchun order berishni kechiktirdi  

Olam

image

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Yoav Galantni G‘azo sektoridagi operatsiya davomida harbiy jinoyatlarda ayblab, hibsga olish orderlari masalasini ko‘rib chiqishni kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda “The Jerusalem Post” yozmoqda.

Kechiktirish Buyuk Britaniya 10 iyun kuni sudning do‘sti sifatida XJSning Isroilga nisbatan yurisdiksiyasi bo‘yicha kuzatuvlarni taqdim etish uchun ariza topshirganidan keyin sodir bo‘ldi.

Sud boshqa mamlakatlarga 2024 yil 12 iyulgacha shu kabi arizalarni topshirish uchun vaqt berdi va bu ochiq chaqiruv emasligini ta’kidladi. “The Jerusalem Post” gazetasining yozishicha, bundan keyin hibsga olish uchun order berish jarayoni bir necha oyga cho‘zilishi mumkin.

Buyuk Britaniyaning kuzatuvlari XJSning sudgacha bo‘lgan palatasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Muhokama qilish jarayoni ochiq bo‘lishi mumkin, garchi hibsga olish to‘g‘risida order berish tartiblari odatda gumondorlarni ogohlantirmaslik uchun sir saqlanadi.

XJS prokurori Karim Xon Netanyaxu va Galantni hibsga olish uchun order berishni so‘ragani 20 may kuni ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, XJS HAMAS guruhining uch yetakchisi – Yahyo Sinvar, Muhammad Deif va Ismoil Xoniyani hibsga olish uchun order berishni so‘ragan. Ularni hibsga olish orderlari ham kechiktiriladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Netan'yaxu XJS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing