Xo‘jaobodga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning qaroriga asosan Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimiga Jamshid Rafiqjon o‘g‘li Bozorboyev tayinlandi. Bu haqda bugun, 14 fevral kuni viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bozorboyev ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi hokim 1990 yili Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2015 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida tuman hokimligi, Andijon viloyati “Suvoqava”, “Toza hudud” davlat unitar korxonalari, Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalarida bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, rahbar o‘rinbosari va rahbar lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni Xo‘jaobod tumaniga Akmaljon Aliyevich Mirzaolimov hokim vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Shuhrat Abdurahmonov Xo'jaobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing