Xususiy tibbiyotga sharoit yaratganimiz o‘zini oqladi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi xususiy tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatida xususiy tibbiyot muassasalari 720 taga yetgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev ana shunday klinikalardan birida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Ushbu klinika 2021 yil tashkil etilgan va bu yerga Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoydan zamonaviy uskunalar keltirilgan. Shifoxona 120 ta statsionar o‘ringa, yiliga 2 mingta jarrohlik amaliyotini o‘tkazish quvvatiga ega.

E’tiborlisi, o‘tgan yili tibbiyot markazi huzurida universitet ham ochilgan. Hozir 600 nafar talaba o‘qimoqda. Shu tariqa bu muassasa zamonaviy klinikalar, tashxis markazlari, laboratoriyalar va universitetni o‘zida birlashtirgan tibbiyot klasteriga aylandi.

Tashrif chog‘ida davlat rahbari shifokorlar bilan suhbatlashdi.

“Xususiy tibbiyotga sharoit yaratganimiz o‘zini oqladi, buni aholi qabul qildi. Chunki odamlarimiz yaxshi yashashga intilyapti, o‘z sog‘lig‘iga qarayapti. Aholi daromadini oshirish bo‘yicha qilayotgan hamma harakatlarimiz aslida shuning uchun – xalqimizning sog‘lom va farovon yashashi uchun”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Quvasoydagi keramika korxonasi faoliyati bilan tanishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Mirziyoev tibbiyot markazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing