Xususiy maktablarda dars onlayn o‘tilsa, to‘lov 100 foiz qilinadimi?
Jamiyat
−
10 iyun 2020
3947Joriy yilning sentyabr oyidan xususiy maktablarda onlayn dars bo‘lsa, badal to‘lovi turlicha miqdorda belgilanishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining matbuot kotibi Feruza Madrahimova ma’lum qildi.
“Karantin munosabati bilan 2020 yil 1 sentyabrdan nodavlat umumta’lim tashkiloti tomonidan dars mashg‘ulotlari onlayn shaklda tashkil etiladigan bo‘lsa, tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnomada darsni tashkil etish shakli hamda to‘lov miqdorini shunga mutanosib ravishda belgilash yuzasidan tomonlar kelishib olishlari kerak”, deyiladi taqdim etilgan ma’lumotda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1028-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat umumta’lim tashkilotining namunaviy ustaviga muvofiq, o‘qish muddati va shartlari, to‘lov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan nodavlat umumta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Bundan tashqari, yangi to‘lov miqdorini belgilashda ovqatlantirish va ta’lim oluvchi bilan yakka tartibda ishlash xarajatlari chegirib tashlanib, to‘lov miqdori kamaytirilishi mumkin.
LiveBarchasi