Xo‘rozqand chet elniki desa... Ortiqxo‘jayev yaponiyalik jurnalistlar bilan uchrashdi
Jamiyat
−
26 noyabr 2019
13254Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yaponiyalik jurnalistlar bilan uchrashdi. Uchrashuv kecha, 25 noyabr kuni Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan.
Uchrashuvda “Globe Trotter Travel Guidebook” muharriri Xidefumi Kavada eng avvalo, shahar hokimining Yaponiya haqidagi fikrlari bilan qiziqqan. Shuningdek, jurnalist joriy yilning mart oyida Toshkent Nagoya shahri bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash yuzasidan bayonnoma imzolangani va Nagoya bilan hamkorlikdan nimalar kutilayotgani haqidagi savol bilan yuzlangan.
“21-24 may kunlari Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasining Tokio va Nagoya shaharlariga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida delegatsiyamiz Tokioning shahar barqarorligiga bag‘ishlangan forumida taqdimot bilan ishtirok etdi, shuningdek, Toshkent va Nagoya shaharlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi bayonnomasi imzolandi. Bundan tashqari, safar davomida shaharning rejalashtirilishi, energetika va issiqlik ta’minoti sohalariga yangi texnologiyalarning joriy etilishi, suvning tozalanishi, yo‘llar qurilishi va yo‘l belgilarining o‘rnatilishi borasida qator kelishuvlarga erishildi. Joriy yilning dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshiriladigan tashrif davomida Nagoya va Toshkent shahri o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha bitim imzolanishi rejalashtirilgan”, deb javob bergan Ortiqxo‘jayev.
Uchrashuv davomida “Mainichi Shimbun”, “Sankei Shimbun”, “JIJI Press” va yana qator gazeta va agentliklardan tashrif buyurgan jurnalistlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilgan.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimi Toshkent shahrining Nagoya shahri bilan madaniyat, turizm va iqtisodiyot sohalaridagi keyingi birgalikda harakatlari haqida, O‘zbekiston va Yaponiyaning kelgusi hamkorligidagi istiqbollari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan aynan 10 kun avval, joriy yilning 16 noyabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarni haqoratlagani va ularga tahdid qilgani aks etgan audioyozuvi tarqalgan edi.
LiveBarchasi