Xumo vaynes va “Avto 60 oy” rahbariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

3-sahifa

image

2021 yilning mart oyida “Avto 60 oy” MCHJ rahbari va mansabdorlariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha ushbu MCHJ rahbari Jamshid Bahodirovga nisbatan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi. Endilikda unga nisbatan Jinoyat kodeksining yana bir qancha moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga oshirildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jamshid Bahodirov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari (Firibgarlik), 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan ayblanmoqda. U garchi 8 yilga qamalgan bo‘lsa-da, 1,5 yilda ozodlikka chiqqan va yana jinoyat sodir etgani aytilmoqda. 

Shuningdek, Xumo vaynes nomi bilan tanilgan bloger, “X vines” MCHJ rahbari Humoyun Mahamadjonov ham bir necha jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi a“,v” bandlari (Firibgarlik), 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha ish ochilgan. 

Bundan tashqari, “Media+24” MCHJ rahbari Abdulloh Alimjonovga ham jinoiy ish ochilgan. U Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari (Firibgarlik), 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha ayblanmoqda. 

Ularning ustidan 400 nafarga yaqin shaxs shikoyat qilgan. Hozirda barcha holatlar yuzasidan tergov tugab, ish sudga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jamshid Bahodirov 2021 yilda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismining “a,b” bandlari, 1881-moddasi 2-qismining “b,v” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgandi.

“Avto 60 oy” ishi bo‘yicha tayyorlangan reportajni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Avto 60 oy Xumo vaynes\

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made