Xristian dini tadbirlari sabab Toshkentda bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan joriy yilning 11 may kuni Xristian dinining “Ota-onalarni xotirlash” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan xristian diniga mansub aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahridagi metro stansiyalaridan va aholi ko‘p yig‘iladigan bekatlardan 1-, 2-, 3-sonli qabristonlargacha qatnovchi quyidagicha vaqtinchalik bir kunlik yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘nalish raqami:

  • K-1 (Mashinasozlar metrosi-1-sonli qabriston (Botkin);
  • K-2 (Olmazor metrosi-2-sonli qabriston (Do‘mbirobod);
  • K-3/1 (Buyuk ipak yo‘li metrosi-3-sonli qabriston (O‘rtasaroy);
  • K-3/2 (Qo‘yliq dehqon bozori-3-sonli qabriston (O‘rtasaroy).

Avtobuslar soni:

  • 3 ta ISUZU “2-avtobus saroyi” MCHJ;
  • 4 ta ISUZU “7-avtobus saroyi” MCHJ;
  • 4 ta MAN “5-avtobus saroyi” MCHJ;
  • 4 ta MAN “1-avtobus saroyi” MCHJ. 

Ma’lumot uchun, mazkur tashkil etilgan bir kunlik yo‘nalishlar 7:00 dan 18:00 ga qadar harakatini davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing