Xotinini kaltaklagan qozog‘istonlik diplomatga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi

Olam

image

Ostona shahrining ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi shaxsga qasddan yengil zarar yetkazganlikda ayblangan Qozog‘istonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi maslahatchisi Saken Mamashga nisbatan ishni ko‘rib chiqdi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, diplomat janjal paytida xotiniga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan. Sud ishni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (73-1-modda) jazo choralari doirasida ko‘rib chiqdi. 

“Sud majlisida Saken Mamash va uning advokati ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga rozi bo‘lmagan holda, uning aybi ish materiallari bilan isbotlanmaganligini, huquqbuzarlik sodir etilgan joy Qozog‘iston yurisdiksiyasiga kirmasligini ko‘rsatdi. Saken Mamashning xatti-harakatlari va uning xotini o‘rtasidagi oilaviy masalalarga tegishli. Ular jinoiy ish bo‘yicha alohida tergov qilinmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’muriy Kodeksning 73-1-moddasida ogohlantirish yoki 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olish jazosi belgilangan. Sud qarori bilan sobiq diplomat aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

Lekin qaror qonuniy kuchga kirmadi. Sudning aniqlik kiritishicha, gap diplomatning rafiqasi emas, balki uning singlisi salomatligiga qasddan yengil zarar yetkazish haqida ketmoqda. 

Karina Mamashning bayonotiga ko‘ra, hozirda bu borada alohida jinoiy ish olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, diplomatning rafiqasi Karina Mamash 5 may kuni Saken Mamash o‘zini va ularning oldiga kelgan singlisini kaltaklaganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BAA diplomatini oiladagi zo‘ravonlikda ayblangani uchun Qozog‘istonga chaqirib oldi. 9 may kuni ayol Ostonaga qaytib keldi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing