Xotin-qizlar qo‘mitasi shikoyat qilib kelgan ayollarning nega hibsga olingani haqida bayonot berdi
Jamiyat
−
19 iyun 2019
6369Bir necha kunlardan buyon ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga shikoyat qilib kelgan ayollarning hibsga olinganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.
"Ushbu holat Qo‘mita hududidan tashqarida, trassada ro‘y bergan. Shu kuni ayollar Qo‘mitagacha yetib kelmagan, xodimlar bilan uchrashmagan.
Keyinroq ma’lum bulishicha, ushbu ayollar jamoatchilik tartibini buzganligi uchun ko‘chada Milliy gvardiya xodimlari tomonidan olib ketilgan.
Ushbu voqeadan keyin ayollar Qo‘mitaga taklif etilgan, ular bilan suxbat o‘tkazilgan, ularning muammolari huquq-tartibot idoralari vakolatida bo‘lganligi tufayli, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilmoqda. Ikki nafar ayolning muammolariga esa ijobiy yechim topilgan.
Hurmatli vatandoshlar! Shu o‘rinda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida fuqarolarni qabul qilish ishlari har kuni amalga oshirilishini ma’lum qilamiz. Qo‘mita raisi Tanzila Narbayevaning kabul kunlari – haftaning har payshanba kuni (xizmat safarida bo‘lgan kunlaridan tashqari)", deyiladi rasmiy xabarnomada.
LiveBarchasi