Xorvatiyadagi saylovlarda amaldagi Prezident g‘alaba qozondi
Olam
−
13 yanvar
1073Xorvatiyada kecha, 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida amaldagi davlat rahbari Zoran Milanovich g‘alaba qozondi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 78 foizi unga, 22 foizi esa uning raqibi, sobiq fan, ta’lim va sport vaziri Dragan Primorakka ovoz bergan.
Prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi oldidan xorvatiyalik tadqiqotchilar Axborot barqarorligi markazi (CIR) bilan hamkorlikda botlarning katta tarmog‘idan foydalangan holda Kreml tarafdori bo‘lgan dezinformatsion kampaniya belgilarini aniqladi.
“Rossiyaparast, Yevropa va NATOga qarshi botnetlar amaldagi prezident Zoran Milanovichni muntazam maqtagani va Yevropa hamda NATOga qarshi xabarlarni tarqatish bilan bog‘liq kontentni ko‘paytirishi aniqlandi”, deyiladi Londonda joylashgan CIR hisobotida.
29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi turda amaldagi davlat rahbari Milanovichga ikkinchi muddatga qayta saylanish uchun 1 foiz ovoz yetishmadi. O‘shanda uning eng yaqin raqibi Primorak 19,4 foiz to‘plagan. Birinchi turda jami sakkiz nafar nomzod ishtirok etdi, qolgan olti nafari esa 10 foizdan ko‘p ovoz ololmadi.
Xorvatiyaning amaldagi Prezidenti Zoran Milanovich bu lavozimni 2020 yildan beri egallab kelmoqda. 2016 yilgacha u Xorvatiya Sotsial-demokratik partiyasini boshqargan.
Milanovich, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanishidan oldin Kiyevni tanqid qilgani bilan mashhur. Shunday qilib, 2022 yil yanvar oyida u mamlakatni “dunyodagi eng korrupsiyalashgan davlat” deb atadi. Keyinchalik Milanovich Yevropa Ittifoqi tomonidan Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatilishi va Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etilishini tanqid qildi.
Uning saylovlarning ikkinchi bosqichidagi raqibi Dragan Primorak pediatr, sud-tibbiyot eksperti, tibbiy genetika sohasidagi mutaxassis bo‘lib, 2003 yildan 2009 yilgacha Xorvatiya fan, ta’lim va sport vaziri lavozimida ishlagan. Bu davrda u ta’lim imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilgan va aholi tomonidan ijobiy qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziyadagi saylovchilar kollegiyasi sobiq futbolchi va deputat Mixail Kavelashvilini mamlakatning yangi prezidenti etib saylagandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar