Xorijdan oziq-ovqat import qilish osonlashtirildi
Jamiyat
−
02 iyun 2022
5620O‘zbekiston Prezidentining “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 maydan 2023 yil 1 yanvargacha bir qator tovarlarni (jumladan, baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin va boshqa) olib kirishda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilandi.
2023 yil 1 yanvargacha davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha cheklovlar hamda O‘zbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
2022 yil 1 avgustgacha asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shimcha jamlash va ochiq bozorga intervensiya qilish mexanizmi joriy qilinadi.
LiveBarchasi