Xorijda vafot etayotgan o‘zbekistonliklar: Prokuratura nega jim?
Intervyu
−
14 fevral 2020
14134Ma’lumki, 2019 yilning 23 sentyabr kuni Turkiyaning Anqara shahrida mamlakatning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan Milliy Millat Majlisi deputati Shirin Unalning xonadonida ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik Nodira Qodirova vafot etdi. Dastlab tarqatilgan ma’lumotlarda, Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilgani, deputatning uyida turgan to‘pponcha bilan o‘zini otib qo‘ygani aytildi. Keyinroq, uning akasi Muhammadali Qodirov singlisi o‘z joniga qasd qilmagani, aksincha, qotillik qurboni bo‘lgani va buni isbotlashini ma’lum qildi.
Har ne bo‘lganda ham, Turkiya Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha xolisona tekshiruv o‘tkazib, allaqachon dastlabki natijalarni e’lon qilishi kerak edi. Oradan 5 oy o‘tdi ham, prokuraturaning bayonotidan darak yo‘q. Aksincha, ish kun sayin unutilib borayotgandek.
QALAMPIR.UZ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda aynan shu voqeani esladi. Nodira Qodirova va dunyoning turli burchaklarida vafot etayotgan o‘zbekistonliklar bo‘yicha Bosh prokuratura nima uchun xorijiy mamlakatlar huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik o‘rnatmayapti? O‘zbekistonliklar chet elda shunchaki o‘lib ketaveradimi?
Suhbat shunday kechgan:
Qamariddin Shayxov: — Prokuratura organlarining xalqaro hamjamiyat, jumladan jinoyat ishlari masalasida boshqa mamlakatlar prokuraturalari bilan hamkorligi yo‘q. Misol qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirova Turkiyaning Anqara shahrida deputatning uyida halok bo‘ldi. Uning vafoti sabablari hali noma’lum. Bir tarafdan o‘z joniga qayd qilgan degan taxminlar bor, ikkinchi tarafdan qotillik. O‘zbek prokuraturasi bu masalada hali ham jim turibdi. Nima uchun so‘rov jo‘natilmadi?
Svetlana Ortiqova: — So‘rov jo‘natishdan oldin ikki davlat prokuraturalarining o‘rtasida shartnoma tuzilishi kerak.
Q.Sh.: — Demak, yo‘q. Asos yo‘q chunki...
S.O.: — Demak, ishlash kerak.
Q.Sh.: — 2 million fuqarolarimiz tashqarida, axir...
S.O.: — Ishlayapmiz. Qancha davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlar tiklandi. Qancha fuqarolarga yordam berildi. Nimagadir muxbirlar shu haqda gapirmaydi. Bitta faktni olib, “mana, prokuratura ishlamaydi”, deydi. Bunga umuman qarshiman. Keling, qars ikki qo‘ldan chiqishini unutmaylik. Ham yaxshi ishlar bor, ham yomon. Siz bilan bizning vazifamiz kalbiy amaliyotni kamaytirish, salbiy amaliyotni kamaytirish orqali insonning huquq-manfaatini himoya qilish. Vazifa qilib belgilaylik o‘zimizga, mana ko‘rasiz, yaxshi bo‘ladi.
Mazkur suhbatda Svetlana Ortiqova bilan quyidagi mavzularda gaplashilgan. Jumladan:
• Prokuratura organlaridagi poraxo‘rlik;
• 2005 yilda yuz bergan Andijon voqealarida qurollangan harbiylar tinch aholiga o‘q uzgani;
• Sudlardagi nohaqliklar va sudyalarni lavozimga tayinlashdagi ishtiroki;
• Hamon ikki xonali kvartirada yashashi;
• Senatning qo‘mita raisi lavozimiga tayinlanganida yig‘ilishga Mercedes'da, ammo qizining koftasi, singlisining kostyumida och borgani, uyi yonib ketgani;
• Kuch ishlatar tuzilmalar o‘rtasida liderlik va avtoritetga bo‘lgan intilish;
• Poraxo‘rlikda ayblangan sobiq Bosh prokurorlar;
• Avvalgi davrda tili bog‘liq bo‘lgani;
• Mamlakatda jinoyatchilikni yashirish holatlari.
Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi