Xorijda ishlamoqchi bo‘lgan kam ta’minlanganlarga mikroqarzlar beriladi
Jamiyat
−
04 yanvar 2021
5831Joriy yilning 1 yanvaridan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi”ga kiritilgan kam ta’minlangan oila a’zosi tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda ularga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi.
Mikroqarzlar xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 million so‘mgacha miqdorda 1 yil muddatga beriladi.
Mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensatsiya qilinadi.
LiveBarchasi