Xorijda 23 nafar o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan

Jamiyat

image

Koronavirus avj olgan davlatlardagi 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi koronavirusga chalingan. Ularning 3 nafari vaft etgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Avazbek Hojimetov ma’lum qildi.

“Ba’zi davlatlarda koronavirus tarqalishi keng ko‘lamli tus olgan. Afsuski, xorijdagi fuqarolarimiz orasida ham ushbu kasallikka chalinish holatlari yuz bermoqda.

Bizda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra,

- Avstriya (1),
- Armaniston (1),
- AQSH (10),
- BAA (1),
- Koreya Respublikasi (1),
- Pokiston (5),
- Rossiya (1),
- Tailand (1),
- Qozog‘istonda (2)

bo‘lib turgan 23 nafar fuqarolarimizda ushbu kasallik aniqlangan, ulardan 3 nafari vafot etgan.

Diplomatik vakolatxonalarimiz ushbu fuqarolarimiz va ularning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda”, dedi Xojimetov.

Avvalroq, AQSHning Nyu-York shahrida O‘zbekiston fuqarosi koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergan edik. U shu shaharda koronavirusdan vafot egan uchinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 472 nafarga yetdi. Ularning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing