Xorij universiteti rektori “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarining rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Mukofotni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Rustam Qosimov topshirdi. 

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik o‘zaro do‘stlik, ishonch va strategik sheriklik ruhida rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. 

Ayniqsa, oliy ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari strategik ahamiyati bilan yangi bosqichga ko‘tarilib, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli loyihalar ko‘lami kengayib borayotgani qayd etildi.

Qayd etish kerakki, Toshkent shahrida Moskva davlat universiteti filiali ochilishida V.Sadovnichiyning hissasi katta bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali 2006 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib, hozirda filialda 427 nafar talaba psixologiya, amaliy matematika va informatika yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

5

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing